Bugun
27
O'zbek

«Real» Holandni kelasi yozda sotib olishiga ishonmoqda

Futbol
16 noyabr, 01:45
    11
Erlingning «Man Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan.
«Real» Holandni kelasi yozda sotib olishiga ishonmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ishonmoqda. Bu haqda jurnalist Nik Harris xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres norvegiyalik yulduzni ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Madridga olib kelishga ishonchi komil. Qayd etilishicha, bu ma’lumot yaqinda Peres bilan birga tushlik qilgan shaxsdan olingan.

26 yoshli Holand ushbu mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 14 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Norvegiyalik hujumchi Angliya klubining asosiy to‘purarlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer narxini 220 million yevroga baholamoqda.

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganiga oid ma’lumot yo‘q. Holandning ehtimoliy transferi yuzasidan yakuniy qaror ham e’lon qilinmagan.

Avvalroq Holand Gerd Myullerning 52 yillik natijasini takrorlagani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar