UFC’ning eng yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi mushtlashuvdan so‘ng qo‘lga olingan Usmon va Umar Nurmagomedov hamda ularning do‘stlarini ozod qilishni so‘radi.
Gruziyalik jangchi RAF turnirida Marlon Moraes ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin ushbu voqeaga munosabat bildirdi.
«Abu-Dabi hukumati, iltimos, bu yigitlarni ozod qilinglar. Biz shunchaki jangchilarmiz, bunday holatlar bo‘lib turadi», — dedi Dvalishvili.
Eslatib o‘tamiz, RAF turniri arafasida Abu-Dabidagi mehmonxonalardan birida Usmon Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasida mushtlashuv yuz bergan edi. Mojaroga aralashgan barcha ishtirokchilar politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
13-noyabr kuni tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea yuzasidan ushlangan 10 nafar shaxsning 8 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan. Dvalishvili esa mojaroga qaramay, ularni ozodlikka chiqarishni so‘ragan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi