«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Yuventus» yarimhimoyachisi Ueston Makkennini jamoaga taklif qilish niyatida. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, argentinalik mutaxassis amerikalik futbolchini klubning transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan.
Pochettino Makkenni bilan AQSH milliy jamoasida birga ishlagan va uning maydonda bir nechta pozitsiyada harakat qila olish qobiliyatini yuqori baholaydi.
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan. «Yuventus» rahbariyati «Manchester Yunayted»ning qiziqishidan xabardor, ammo Turin klubida bu holat xavotir uyg‘otmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Makkennining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Klub rahbariyati va bosh murabbiy Lusiano Spalletti yarimhimoyachini jamoaning daxlsiz futbolchilaridan biri deb hisoblaydi.
UEFA bilan kelishuv doirasidagi moliyaviy cheklovlarga qaramay, «Yuventus» Makkennini qo‘ldan chiqarmaslikka qat’iy qaror qilgan.