Bugun
47
O'zbek

«MYU» Mazraui bo‘yicha qaror qabul qildi

Futbol
15 noyabr, 08:20
«Qizil iblislar» marokashlik himoyachini qishki transfer oynasida sotmoqchi emas.
«MYU» Mazraui bo‘yicha qaror qabul qildi
Foto: Getty Images
22.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» himoyachi Nussair Mazrauini jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda. The Daily Briefing xabariga ko‘ra, «Yuventus», «Milan» va Saudiya Arabistoni klublarining futbolchiga qiziqishiga qaramay, mankunianliklar u bilan xayrlashmoqchi emas.

Manbaga ko‘ra, klub 29 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotuvga qo‘ymaydi. Himoyaning bir nechta pozitsiyasida o‘ynay olishi Mazrauini jamoa uchun muhim futbolchilardan biriga aylantirgan.

Ma’lumot uchun, marokashlik futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 18 mln yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar