Bugun
47
O'zbek

Pochettino afsonaviy Fergyuson bilan uchrashishni rejalashtirmoqda

Futbol
15 noyabr, 06:20
    13
«MYU»ning yangi bosh murabbiyi shotlandiyalik mutaxassisni o‘ziga namuna deb bilishini aytdi.
Pochettino afsonaviy Fergyuson bilan uchrashishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images
22.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubning afsonaviy ustozi Aleks Fergyuson bilan hali suhbatlashishga ulgurmaganini ma’lum qildi. Argentinalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ular seshanbadan keyin uchrashib, suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Hozircha muloqot qilganimiz yo‘q. Seshanbadan keyin buning uchun vaqt bo‘ladi. Men uchun Fergyuson murabbiyda qadrlaydigan barcha fazilatlarning timsoli hisoblanadi. Uni juda hurmat qilaman. Imkoniyat tug‘ilishi bilan albatta suhbatlashamiz», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

Pochettino «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida Maykl Kerrikning o‘rnini egallagan.

Ma’lumot uchun, Angliya Premyer-ligasining 10 turidan so‘ng «Manchester Yunayted» sakkiz ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar