Bugun
47
O'zbek

«Barselona» Fermin uchun 100 mln yevrolik takliflar oldi

Futbol
15 noyabr, 04:20
    17
Angliyaning to‘rtta klubi yarimhimoyachi transferiga qiziqmoqda, ammo futbolchining o‘zi ketmoqchi emas.
«Barselona» Fermin uchun 100 mln yevrolik takliflar oldi
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes Angliya Premyer-ligasining bir nechta klubi e’tiboriga tushgan. Sport.es nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha APLning to‘rtta klubidan taklif olgan.

Manbaga ko‘ra, Ferminga eng katta qiziqishni «Chelsi» va «Manchester Yunayted» bildirmoqda. London klubi yozgi transferlar davridayoq futbolchi uchun 70 mln yevro taklif qilgan, biroq «Barselona» bu summani yetarli deb hisoblamagani sababli taklifga javob ham bermagan.

Endilikda esa kataloniyaliklarga 100 mln yevrolik takliflar kelib tushgan. Shunga qaramay, Ferminning o‘zi boshqa klublarning qiziqishiga befarq qaramoqda va «Barselona»da qolish niyatida.

Qayd etilishicha, klub rahbariyati yarimhimoyachining amaldagi shartnomasi shartlarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Buning uchun yaqin vaqt ichida futbolchining vakillari bilan muzokara o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Fermin Lopesning «Barselona» bilan shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan. Kelishuvda futbolchini 500 mln yevro evaziga sotib olish imkonini beruvchi band mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar