Bugun
47
O'zbek

«Manchester Siti» Nunes bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
15 noyabr, 16:15
Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Manchester Siti» Nunes bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» klubi yarim himoyachi Matheus Nunes bilan yangi uch yillik shartnoma borasida kelishuvga erishish arafasida. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining haftalik maoshi 20 ming funt sterlingga oshirilib, bonuslarsiz 150 ming funtni tashkil etadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Nunes 2023-yilning yozida «Vulverhempton»dan 62 million yevro evaziga «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan.

Qayd etilishicha, «Real» unga qiziqish bildirayotganiga qaramay, «Manchester Siti» uni jamoada olib qolish niyatida. Ayni paytda Nunes jarohatidan tiklanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar