«Manchester Siti»ning chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuri qishki transfer oynasida jamoani tark etish niyatida. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, jazoirlik 25 yoshli futbolchining xizmatlariga Italiyaning ikki klubi — «Yuventus» va «Napoli» qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, A Seriya grandlari vakillari allaqachon uning atrofidagi shaxslar bilan muzokara olib bormoqda.
Ait-Nuri bu mavsumda barcha turnirlar doirasida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobida uchta golli uzatmani qayd etgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.