UFC chempioni Shon Striklend fransiyalik Siril Gan va amerikalik Josh Xokit o‘rtasida og‘ir vazn (120 kg gacha) chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadigan jang haqida fikr bildirdi.
Ma’lumot uchun, 15-noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida UFC 334 turniri doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan to‘qnashuv oldidan Striklend o‘z taxminlarini bildirdi.
«Gan Jon Jonsga qarshi jang qilganida, uning kurash mahorati juda yomon edi. Agar sen shunday yuqori darajadagi musobaqalarda ishtirok etsang-u, kurashishni bilmasang, demak, o‘z imkoniyatlaring chegarasiga yetgansan.
Xokit aqlli yigit. U Ganni parterga o‘tkazadi. Menimcha, jang ikkinchi yoki uchinchi raundda texnik nokaut yoki og‘riqli usul orqali yakunlanadi», — dedi Striklend.