Bugun
48
O'zbek

Tuhel Angliya MJni Yevro-2028gacha boshqarmoqchi

Futbol
11 noyabr, 16:28
Germaniyalik mutaxassis Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tuhel Angliya MJni Yevro-2028gacha boshqarmoqchi
Фото: Getty Images
12.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Angliya Angliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel kamida 2028-yilgi Yevropa chempionatiga qadar o‘z lavozimida qolish niyatida ekanini ma’lum qildi.

«To‘g‘risi, milliy jamoani tark etish niyatim yo‘q. Shartnoma imzolaganman va Yevro-2028ga qadar jamoa bilan qolishni istayman. Ushbu turnirda ishtirok etishni xohlayman. Hali oldimizda yakunlanmagan ishlar bor. Futbolchilarimni, jamoamni va bir mavsumda ishtirok etadigan 50 ta uchrashuvni sog‘inyapman. Hozir bunday imkoniyatim yo‘q. Klubda ishlashning har to‘rt kunda o‘yin o‘tkazish kabi qiyin tomonlari ham bor.

Hozir Millatlar ligasida g‘olib chiqishni va Angliyani Yevropa chempionatida g‘alabaga olib kelishni juda xohlayapman», — dedi murabbiy Xorvatiyaga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Angliya 12-noyabr kuni «Uembli» stadionida Xorvatiya bilan kuch sinashadi. Inglizlar guruh bosqichining qolgan ikki uchrashuvida kamida bir ochko jamg‘arsa, chorakfinalga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar