Bugun
48
O'zbek

Mbappe Italiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbol
11 noyabr, 08:25
    6
Uning o‘rniga «PSJ» vingeri tushishi mumkin.
Mbappe Italiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images
12.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Italiya Italiya - : - Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 12-noyabr kuni Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi bahsida ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

27 yoshli futbolchi jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda qatnashmagan va tiklanish muolajalarini o‘tagan.

Shuningdek, jarohat olgan Orelyen Chuameni o‘rniga «PSJ» vingeri Sanni Meyulyu milliy jamoaga chaqirildi. U hujum chizig‘ida Mbappening o‘rnida maydonga tushishi ham mumkin.

Avvalroq “Real” forvardining fransuzlar ustozi Zinedin Zidan munosabatlari yaxshi emasligi xabar qilingandi.

Fransiya 12-noyabr kuni Millatlar ligasi doirasida safarda Italiyaga qarshi, 15-noyabrda esa uyda Turkiya bilan o‘ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar