«Manchester Siti» klubi va Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand vikinglar tarixiga bo‘lgan qiziqishi haqida gapirdi. Futbolchi Norvegiya uchun katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan 1594 yilda chop etilgan «Qirollik sagalari» kitobining xarid qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma haqida fikr bildirdi.
9 noyabr kuni futbolchining tug‘ilib o‘sgan Tima munitsipalitetida ushbu kitobga bag‘ishlangan mavzuli ko‘rgazma tashkil etildi.
«Vikinglar tarixi meni doim qiziqtirgan. Bu tarix, kundalik hayot buyumlari va kemalar men uchun juda qiziqarli. Men o‘z orzum bilan yashayapman, ammo, afsuski, bunday imkoniyat hammaga ham nasib etmaydi. Kitoblar ko‘plab insonlarga orzu qilish va orzularini ro‘yobga chiqarishda yordam berishini ko‘rganman», — deya Holandning so‘zlarini keltiradi VG.
Ma’lumot uchun, «Qirollik sagalari» Norvegiya tarixiga oid qimmatli manbalardan biri hisoblanadi. Kitob 1594 yilda chop etilgan.