«Arsenal» qishki transfer oynasida qanot hujumchisi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. The Independent xabariga ko‘ra, londonliklar bir nechta futbolchining nomzodini o‘rganmoqda.
«Kanonirlar» uchun asosiy variant 20 yoshli Eli Krupi hisoblanadi. Biroq uning hozirgi klubi «Bornmut» fransiyalik futbolchini kelasi yozgacha sotishga rozi bo‘lishi dargumon.
Shuningdek, «Atletiko» yarimhimoyachisi Aleks Baena, «Real» hujumchisi Endrik va «Leypsig» vingeri Antonio Nusa ham «Arsenal» qiziqishlari doirasida turibdi.
Manba qayd etishicha, londonliklarning transfer bo‘yicha rejalari avvalo ayrim futbolchilarning sotilishiga bog‘liq. Shu sababli Martin Subimendi ham jamoani tark etishi mumkin. Ispaniyalik yarimhimoyachiga «Real», «Atletiko» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.