«Liverpul» sardori Virjil van Deyk shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat uni tashvishga solmayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik 36 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchi «Liverpul» safiga 2018-yil yanvar oyida kelib qo‘shilgan.
«O‘zimni yaxshi his qilyapman, ammo hozir gap men haqimda emas. Ko‘ramiz. Men aslo vahimaga tushayotganim yo‘q. Faoliyatimni davom ettirishni va hozir shug‘ullanayotgan ishimni qilishni istayman.
Bu mavsum nima olib kelishini ko‘ramiz. Hozirgacha bu yerda ajoyib vaqt o‘tkazdim. Agar hamkorligimiz davom etsa, demak, shunday bo‘lishi kerak.
Agar davom etmasa, boshqa joyga yo‘l olaman. Hozircha hech qanday yangilik yo‘q. Ammo bu qandaydir bosim yoki shunga o‘xshash holat borligini anglatmaydi», — deya van Deykning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi