Bugun
7
O'zbek

Mamardashvili Alisson sabab «Liverpul»ni tark etishi mumkin — Sky Sports

Futbol
10 noyabr, 05:40
Braziliyalik darvozabon bilan yangi shartnoma tuzilsa, gruziyalik posbon boshqa jamoaga o‘tishni istashi mumkin.
Mamardashvili Alisson sabab «Liverpul»ni tark etishi mumkin — Sky Sports
Foto: Getty Images

«Liverpul» darvozaboni Giorgi Mamardashvili Alissonning jamoada qolishi sabab klubni tark etishi mumkin. Sky Sports jurnalisti Vinni O'Konnor xabariga ko‘ra, braziliyalik posbon bilan yangi shartnoma imzolansa, gruziyalik darvozabon o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

«Alisson jamoada qolishni istamoqda. 34 yoshida ham u Andoni Iraola uchun shubhasiz birinchi raqamli darvozabon hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi va yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. «Liverpul» hozircha bu muzokaralar qaysi bosqichda ekaniga izoh bermayapti.

Virjil van Deyk va Muhammad Saloh bilan shartnomalarni uzaytirish borasidagi muzokaralarda ham kelishuvga ularning shartnomasi tugashiga bir necha oy qolganida erishilgan edi. Shu sababli klub Alisson masalasida ham sabr qilishi mantiqan to‘g‘ri.

Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Alissonning «Liverpul»dagi faoliyati to‘qqiz yildan ham oshishi mumkin. Bunday vaziyatda 26 yoshli Mamardashvili o‘z kelajagi haqida o‘ylashiga to‘g‘ri keladi. U 2024 yil yozida jamoaga kelganidan beri asosan zaxira darvozaboni bo‘lib kelmoqda. Shu bois muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tishni istashi ajablanarli emas», — deya O'Konnorning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Ma’lumot uchun, Mamardashvili «Liverpul»ga 2024 yil yozida «Valensiya»dan o‘tgan. U Angliya klubida asosiy tarkibdagi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Alissonning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Klub braziliyalik darvozabon bilan hamkorlikni davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar