«Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmo jarohatidan tiklanib, Ispaniya chempionatining navbatdagi turida maydonga tushishi mumkin. Mundo Deportivo jurnalisti Xordi Batallyaning xabar berishicha, futbolchi «Vilyarreal»ga qarshi bahsga qadar safga qaytishga ulgurishi ehtimoli bor.
28 yoshli futbolchi UEFA Chempionlar ligasi uchinchi turida «PSJ»ga qarshi kechgan va 2:4 hisobida yakunlangan bellashuvda jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, Olmo ushbu mavsum barcha musobaqalarda 12 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi La Liganing 13-tur bahsi 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.