Live
4
O'zbek

Simeone: «Shogirdlarim bilan faxrlanaman, bizga faqat aniqlik yetishmadi»

Futbol
8 noyabr, 22:00
    25
«Atletiko» bosh murabbiyi «Barsa»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Simeone: «Shogirdlarim bilan faxrlanaman, bizga faqat aniqlik yetishmadi»
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 1 : 2 Barselona Barselona

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionatining 12-turida «Barselona»dan uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

«Shogirdlarim bilan faxrlanaman. Ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Uchrashuvning katta qismida o‘zimiz xohlagandek harakat qildik. Lekin vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqib esa imkoniyatlarini golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat deyarli o‘zgarmadi. Ular to‘pga egalik qildi, ammo xavfli vaziyatlar yaratmadi. Bizda Alvares, Baena va Syorlot orqali imkoniyatlar bo‘ldi. Raqib esa bitta vaziyatdan gol urdi.

Xulian ajoyib futbolchi, u biz uchun juda muhim. U beshta vaziyatning uch yoki to‘rttasida ishtirok etdi. Unga faqat gol yetishmadi. Ishonamanki, bu ham keladi.

Bir haftada ikki mag‘lubiyat? Faqat xotirjamlikni saqlash kerak», — dedi Simeone.

Ma’lumot o‘rnida, Flik jamoasi ochkolarini 33 taga yetkazib, FIFA kunlariga peshqadam sifatida yo‘l oldi. «Real» 30 ochko bilan 2-o‘rinda. 28 ochkosi bor «Atletiko» esa 3-pog‘onaga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar