Live
1
O'zbek

Maxachev: «O‘rta vaznga o‘tish uchun O‘zbekistonda qolib, har kuni osh yeyishim kerak»

MMA
9 noyabr, 04:00
UFC chempioni yuqori vaznga o‘tish oson emasligi haqida gapirdi.
Maxachev: «O‘rta vaznga o‘tish uchun O‘zbekistonda qolib, har kuni osh yeyishim kerak»
Foto: Getty Images

UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempion Islom Maxachev o‘rta vazn toifasiga o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«O‘rta vaznmi? Buning uchun O‘zbekistonda bir oy qolib, har kuni osh yeyishimga to‘g‘ri keladi.

Bu oson bo‘lmaydi. Jamoamizda bu haqda gaplashganmiz. Yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz kerak, chunki mushak massasini oshirish unchalik oson emasligi ma’lum bo‘ldi»
, — dedi Maxachev Toshkentdagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Islom so‘nggi jangida Ian Gerriyni mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi.

Bugungi yangiliklar