Live
1
O'zbek

Emeri “MYU”ga qarshi o‘yin yakunlanmasdan maydonni tark etgani sababini izohladi

Futbol
9 noyabr, 05:50
“Aston Villa” ustozi mankunianliklar 90+6-daqiqada hisobni tenglashtirgach, tribuna ostiga yo‘l oldi.
Emeri “MYU”ga qarshi o‘yin yakunlanmasdan maydonni tark etgani sababini izohladi
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 4 : 4 Aston Villa Aston Villa

“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri “Manchester Yunayted” 90+6-daqiqada gol urgandan so‘ng tribuna ostiga ketib qolgani haqida berilgan savoldan jahli chiqdi.

Yakshanba kuni APLning 10-turi doirasida jamoalar “Old Trafford” stadionida durang oʻynashdi — 4:4. Manchesterliklar himoyachisi Patrik Dorgu ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan oltinchi daqiqada hisobni tenglashtirdi. Gol VAR tekshiruvidan soʻng hisobga olindi. Tekshiruv vaqtida Senne Lammens Dorgu zarba berayotgan paytda “Villa” darvozaboni Zion Suzukiga xalaqit berishga uringan-urinmagani koʻrib chiqildi.

— VAR tekshiruvi davom etayotganida, siz yakuniy hakam hushtagi yangramasidan oldin maydonni tark etganingizni ko‘rdik...

— Ular 90+6-daqiqada gol urishdi!

— Bu shunchaki hissiyotlarmi?

— Hech qanday hissiyot yo‘q. Ular 90+6-daqiqada gol urishdi, olti daqiqa qo‘shib berilgandi. Men o‘yin tugadi, deb o‘yladim.

— Bu gapingizni eshitish kutilmagan holat. Sizga gol adolatsiz ravishda hisobga olinganday tuyuldimi?

— Yo‘q, yo‘q. Bu adolatsizlik emasdi. Iltimos, bunday demang.

Ular 90+6-daqiqada gol urishdi. Siz mendan nima uchun maydonni ertaroq tark etganimni so‘rayapsiz. Chunki 96:30 da biz to‘pni markazdan o‘yinga kiritayotgan edik. Men ingliz tilida yaxshi gapira olmayman, ammo gapim tushunarlimi yoki yo‘qmi? — dedi Emeri Sky Sports bilan intervyuda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar