Huquqlari Germaniyaning «Leypsig» klubiga tegishli bo‘lgan norvegiyalik vinger Antonio Nusa transfer bozorida talabgir futbolchilardan biriga aylangan. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining besh klubi 21 yoshli futbolchining rivojlanishini kuzatmoqda.
Manbada «Arsenal», «Tottenhem», «Nyukasl», «Aston Villa» va «Kristal Pelas» klublari norvegiyalik futbolchiga da’vogarlar sifatida qayd etilgan. Ushbu jamoalar Nusaning ehtimoliy transferini baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Antonio Nusaning «Leypsig» bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Nusa Norvegiya milliy jamoasi safida ham to‘p tepadi.