Live
15
O'zbek

Arbeloa: «Nyukasl»ga qarshi bahsda ajoyib imkoniyatlarni yaratdik»

Futbol
7 noyabr, 15:53
Ispaniyalik mutaxassis jamoasining durangi haqida gapirdi.
Arbeloa: «Nyukasl»ga qarshi bahsda ajoyib imkoniyatlarni yaratdik»
Фото: Getty Images
07.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Fulhem Fulhem 1 : 1 Nyukasl Nyukasl

«Fulhem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Nyukasl»ga (1:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Har doim g‘alaba qozonishni xohlaymiz, ayniqsa, uy o‘yinlarida. «Nyukasl»ga qarshi bahsimiz qiyin bo‘lishini juda yaxshi bilardik. O‘yin boshidan ularning bu o‘yin uchun qanday tayyorgarlik ko‘rganini his qildik. Ular juda, juda agressiv o‘ynashdi. Bu jamoa jismonan kuchli, ular shaxsiy nazoratni qo‘llashdi. O‘ylaymanki, biz juda yaxshi birinchi taym o‘tkazdik: o‘yin jarayonini nazorat qildik, ajoyib imkoniyatlar yaratdik. Ikkinchi taymda esa o‘yin yanada ochiqroq bo‘ldi — har ikkala jamoa uchun imkoniyatlar paydo bo‘ldi», - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlaridan keltiradi BBC nashri.

Ma’lumot uchun, «Fulhem» keyingi turda «Manchester Siti»ga qarshi bellashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Nyukasl Nyukasl
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar