«Como» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya chempionatining navbatdagi turida «Inter»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
«Inter» — Italiyaning eng kuchli jamoasi. Ularga qarshi o‘yinimizdan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bizni Italiya chempionati va Kubogining amaldagi g‘olibi, yaqinda esa Chempionlar ligasi finalida ishtirok etgan jamoaga qarshi bahs kutmoqda.
Bizda hali o‘sish uchun imkoniyatlar ko‘p, oldinda uzoq yo‘l bor. Ammo kim biladi? Balki ertaga ideal o‘yin namoyish etib, barchani hayratda qoldirishga muvaffaq bo‘larmiz», — deya Fabregasning so‘zlarini keltirmoqda Inter Xtra.
Ma’lumot uchun, «Inter» 10 ta turdan keyin 25 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Como» esa ikki ochko ortda qolgan holda to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.