Live
3
O'zbek

«Komo» hujumchisi 9:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Del Pyero rekordini takrorladi

Futbol
5 noyabr, 06:00
Anastasios Duvikas Chempionlar ligasidagi dastlabki to‘rtta bahsining har birida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Komo» hujumchisi 9:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Del Pyero rekordini takrorladi
Foto: Getty Images
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi Lens Lens 1 : 9 Komo Komo

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Komo» safarda «Lans»ni 9:1 hisobida mag‘lub etdi. Italiyaliklar safida Anastasios Duvikas het-trik qayd etdi.

La Stampa nashrining yozishicha, gretsiyalik hujumchi Turinning «Yuventus» klubi afsonasi Alessandro Del Pyero erishgan tarixiy natijani takrorladi. Duvikas Chempionlar ligasi tarixida bir jamoa safidagi dastlabki to‘rtta o‘yinining har birida gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Hozirda Anastasios musobaqa to‘purarlari poygasida olti gol bilan yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Komo»ga Sesk Fabregas murabbiylik qilmoqda. Jamoa Chempionlar ligasining navbatdagi bahsida o‘z maydonida Gretsiyaning AEK klubini qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Komo» «Lans» ustidan 9:1 hisobida g‘alaba qozonib, Yevrokuboklar tarixida top-5 chempionat klublari orasida safarda bunday yirik hisob qayd etgan jamoalardan biri bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lens Lens
  • Komo Komo
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar