Live
3
O'zbek

«Liverpul» Alissonni tekinga yo‘qotishi mumkin

Futbol
5 noyabr, 05:30
«Flamengo» braziliyalik darvozabonni kelasi yozda o‘z safiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.
«Liverpul» Alissonni tekinga yo‘qotishi mumkin
Foto: Getty Images

«Liverpul» darvozaboni Alisson Bekker faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin. Sport_Witness xabariga ko‘ra, Braziliyaning «Flamengo» klubi 34 yoshli posbonni kelasi yozgi transfer oynasida xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Mersisaydliklar bilan futbolchining amaldagi shartnomasi ushbu mavsum yakunida tugaydi. Shu sababli «Flamengo» Alissonni transfer puli to‘lamasdan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Braziliyalik darvozabon 2018 yil yozidan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Alisson ushbu mavsumda Angliya Premyer-ligasida to‘qqizta bahsda maydonga tushib, to‘qqizta gol o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, darvozabon «Liverpul»ga 2018 yilda Italiyaning «Roma» klubidan ko‘chib o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Flamengo Flamengo
Bugungi yangiliklar