Live
3
O'zbek

Opta superkompyuteri YCHL g‘olibligi uchun prognozini yangiladi

Futbol
5 noyabr, 04:45
To‘rtinchi turdan keyin «Arsenal» musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilmoqda.
Opta superkompyuteri YCHL g‘olibligi uchun prognozini yangiladi
Foto: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Arsenal Arsenal - : - Borussiya D Borussiya D

Opta superkompyuteri Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan so‘ng jamoalarning turnirda g‘olib chiqish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi. Opta Analyst ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» musobaqaning asosiy favoriti bo‘lib turibdi.

London klubining Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ehtimoli 22,56 foizga baholangan. Keyingi o‘rinlarda «Bavariya» (17,74 foiz), amaldagi g‘olib «PSJ» (12,09 foiz), «Manchester Siti» (10,49 foiz) va «Barselona» (9,80 foiz) joylashgan.

Ma’lumot uchun, umumiy bosqich turnir jadvalida «PSJ» to‘rt turdan keyin 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha ochko Madridning «Real» klubida ham bor. «Arsenal» esa 10 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Opta superkompyuteri prognozi statistik model hisoblanadi va musobaqaning yakuniy natijasini kafolatlamaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Borussiya D Borussiya D
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar