Bugun
53
O'zbek

«Arsenal» EChL umumiy bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 16 ta o‘yinga yetkazdi

Futbol
4 noyabr, 22:50
Jamoa ushbu bosqichda so‘nggi bor 2 yil avval mag‘lub bo‘lgan.
«Arsenal» EChL umumiy bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 16 ta o‘yinga yetkazdi
Foto: ESPN
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi Slavia Prague Slavia Prague 1 : 2 Arsenal Arsenal

Londonning «Arsenal» klubi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida ketma-ket 16 ta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti.

Mikel Arteta shogirdlari musobaqaning 4-turida «Slaviya»ni mehmonda 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Jamoa bu mavsumda «Napoli» (1:0) va «Lill» (3:0) ustidan ham g‘alaba qozongan, «Bavariya» (2:2) bilan durang o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda «to‘pchilar» umumiy bosqichdagi barcha 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Undan avvalgi mavsumda esa so‘nggi to‘rtta bahsda zafar quchgan.

Shu tariqa, «Arsenal»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 ta o‘yinga yetdi. Ushbu uchrashuvlarda londonliklar 44 ta gol urib, o‘z darvozasidan 9 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Jamoa ushbu bosqichda so‘nggi bor 2024-yil 6-noyabrda mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda «Arsenal» Italiyaning «Inter» klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

«Slaviya»ga qarshi bahsdan so‘ng Arteta jamoasi turnir jadvalida 10 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Pragaliklar esa 1 ochko jamg‘arib, 34-o‘rinni egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Slavia Prague Slavia Prague
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar