Oʻzbekiston milliy jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi milliy jamoa 9–17 noyabr kunlari Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Dastlabki uchrashuv 12 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy jamoasi Rossiyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 20:00 da start oladi.
Ikkinchi oʻyin esa 17 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etiladi. Unda «oq boʻrilar» «Jassim bin Hamad» stadionida Saudiya Arabistoni milliy jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi. Bu bahslar milliy jamoamiz uchun navbatdagi xalqaro sinov vazifasini oʻtaydi.
Avvalroq Oʻzbekiston — Rossiya oʻrtoqlik oʻyini uchun chiptalar sotuvga chiqqani maʼlum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi