«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan AEK ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Madridliklarning g‘alaba golini qo‘shimcha daqiqalarda Federiko Valverde urdi.
«Hisob 2:2 bo‘lganida ham durangga rozi bo‘lmadik. Tavakkal qildik va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Endi asosiy maqsad — o‘tish o‘yinlarisiz pley-offga chiqish», — dedi Mourinyo.
Murabbiy AEKning harakatlarini ham yuqori baholadi: «Raqib ilk daqiqalardan bosim o‘tkazdi, yakkakurashlarda ustun keldi va g‘alaba uchun kurashdi. Ular fantastik o‘yin namoyish etdi».
Shuningdek, Mourinyo Valverdega bo‘sh hududlarga ochilib, hujumlarni kuchaytirishni tavsiya qilganini aytdi. Shu bilan birga, Joze Vinisius yaxshi o‘ynaganini, uni almashtirishdan maqsad esa chap qanotga yangi kuch qo‘shish bo‘lganini ta’kidladi. U jamoasining oxirigacha kurashganidan mamnun ekanini bildirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi