Jey-Jey Gabriel «Real»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Madrid klubi «Manchester Yunayted» tizimida tarbiyalanayotgan 16 yoshli futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar bermoqda.
«Qirollik klubi» transferni yakunlash ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, «Barselona», «Bavariya» va «PSJ» ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Gabriel yanvar oyidayoq «Manchester Yunayted»ni tark etishi va 2027-yilda Yevropa Ittifoqi fuqarosi maqomida yangi jamoasiga qo‘shilishi kutilmoqda.
«Real» «MYU»ning 16 yoshli iqtidori bilan kelishuvga erishdi
Futbol
4 noyabr, 09:05
Jey-Jey Gabriel yanvar oyidayoq mankunianliklar bilan xayrlashishi kutilmoqda.
Foto: Getty Images