«Liverpul» Trey Nioni bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
The Athletic nashri ma’lumotlariga ko‘ra, klub 19 yoshli yarim himoyachining kelajagini bir necha oydan buyon muhokama qilib kelmoqda. Ta’kidlanishicha, hozircha yangi shartnoma imzolanmagan, biroq har ikki tomon ham kelishuvga erishishga umid bilan qaramoqda.
Angliyalik futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Nioni bu mavsumda jamoa safida barcha musobaqalar doirasida 11 bor maydonga tushdi va gol yoki assist qayd etmadi.
«Liverpul» Nioni bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarga kirishdi
Futbol
4 noyabr, 06:20
Mersisayd klubi 19 yoshli yarim himoyachi bilan yangi kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Foto: Getty Images