Live
3
O'zbek

«MYU» rahbariyatida Emerini ideal bosh murabbiy deb hisoblaydiganlar bor» — Romano

Futbol
3 noyabr, 03:40
«Qizil iblislar» barcha musobaqalarda ketma-ket to‘qqizta bahsdan buyon g‘alaba qozona olmayapti.
«MYU» rahbariyatida Emerini ideal bosh murabbiy deb hisoblaydiganlar bor» — Romano
Foto: Getty Images
08.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Aston Villa Aston Villa

«Manchester Yunayted» rahbariyatining ayrim nufuzli vakillari kelajakda Unai Emerini jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining YouTube kanalidagi podkastida ma’lum qildi.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, «MYU» vakillari Emerini nafaqat ehtimoliy bosh murabbiy, balki klubning uzoq muddatli rivojlanishida muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan mutaxassis sifatida ham ko‘rmoqda.

Biroq ispaniyalik murabbiyning yaqin vaqt ichida Manchesterga ko‘chib o‘tishi ehtimoli past. «Aston Villa» 54 yoshli mutaxassis bilan xayrlashmoqchi emas va uni o‘z loyihasining markaziy figurasi deb hisoblaydi. Klubning futbol operatsiyalari bo‘yicha prezidenti Roberto Olabe hamda sport operatsiyalari direktori Damian Vidagani ham Emerining faoliyatini yuqori baholaydi.

Romanoning ta’kidlashicha, Emerining Birminghem klubidagi ta’siri faqat jamoani boshqarish bilan cheklanmaydi. U transferlar muhokamasi va muhim sport qarorlarini qabul qilish jarayonlarida ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Unai Emerining «Aston Villa» bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. 1 noyabr kuni uning Birminghem klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganiga to‘rt yil to‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» barcha musobaqalarda ketma-ket to‘qqizta bahsdan buyon g‘alaba qozona olmayapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar