«Tenerife» klubi hujumchisi Xesus de Migel vafot etdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
2-noyabr kuni Ispaniya ikkinchi divizionining 12-turi doirasida «Tenerife» va «Andorra» o‘rtasidagi bahsda 30 yoshli futbolchi raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan to‘qnashib ketgan. Darvozabonning tizzasi hujumchining ko‘krak qismiga tekkanidan so‘ng De Migel hushini yo‘qotgan.
To‘qnashuv oqibatida futbolchining yuragi to‘xtab qolgan, biroq tibbiyot xodimlari uni qayta jonlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, 3-noyabr kuni ertalab De Migel shifoxonada vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Xesus De Migel «Leganes» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va faoliyatining katta qismini Ispaniyaning quyi ligalarida o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2025-yil iyulida «Tenerife» safiga qo‘shilgan. U klub safida 36 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.