Live
4
O'zbek

Emeri “Barsa”ni Chempionlar Ligasida asosiy favorit deb hisoblaydi

Futbol
3 noyabr, 04:25
Ispaniyalik murabbiy Chempionlar Ligasining bu mavsumida qaysi klubni g‘oliblikka asosiy da’vogar deb bilishini aytdi.
Emeri “Barsa”ni Chempionlar Ligasida asosiy favorit deb hisoblaydi
Foto: The New York Times
03.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Barselona Barselona - : - Aston Villa Aston Villa

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Chempionlar Ligasining bu mavsumida qaysi klubni g‘oliblikka asosiy da’vogar deb bilishini aytdi.

The Touchline xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis musobaqada g‘olib chiqish uchun «Barselona»ni favorit deb hisoblamoqda.

Emeri jamoasi ham aynan kataloniyaliklar bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turida to‘qnash keladi. Murabbiy bu fikrni o‘zaro bahsdan oldin bildirdi. Uchrashuv esa 3 noyabrdan 4 noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da «Kamp Nou» stadionida start oladi.

To‘qnashuv oldidan «Aston Villa» uchta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan jadvalda 2-o‘rinda bormoqda. «Barselona» ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan holda 6 ochko bilan 8-pog‘onani egallagan. Jamoalar o‘rtasidagi farq uch ochkoga teng.

Avvalroq Emeri «ko‘k-anorranglilar»ning «PSJ»ga qarshi kambeki vaqtida futbolga VAR kerakligi haqida gapirib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar