«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn «Oltin to‘p»ni Chempionlar Ligasi kubogiga almashtirishga tayyorligini aytdi.
«Men uchun jamoaviy muvaffaqiyat har doim muhimroq bo‘lgan. Maydonga shu maqsadda tushamiz. «Oltin to‘p» hayotimdagi eng ajoyib voqealardan biri. Lekin jamoa bilan birgalikdagi g‘alabani nishonlash — beqiyos hissiyot.
Har bir futbolchi Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni istaydi», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Ma’lumot o‘rnida, «Bavariya» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turida Madridda «Atletiko» bilan uchrashadi. Bahs 3 noyabrdan 4 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Keyn «Oltin to‘p» uchun kurashda Mbappeni 28 ta ovozga ortda qoldirgani ma’lum qilingandi. Harri 1055, Mbappe esa 1027 ovoz to‘plagan. 3-o‘rinni egallagan Lamin Yamal g‘olibdan 174 ovoz kam jamg‘argan — 881 ta.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi