Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn «Oltin to‘p» uchun kurashda hammadan ko‘p ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
U ovoz berish jarayonida «Real» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni 28 ta ovozga ortda qoldirdi.
Keyn 1055, Mbappe esa 1027 ovoz to‘pladi. Uchinchi o‘rinni egallagan Lamin Yamal g‘olibdan 174 ovoz kam jamg‘ardi — 881 ta.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
• Rodri — 726 ovoz;
• Lionel Messi — 612 ovoz;
• Xvicha Kvaratsxeliya — 541 ovoz;
• Usmon Dembele — 418 ovoz;
• Erling Holand — 318 ovoz;
• Maykl Olise — 296 ovoz;
• Fabian Ruiz — 201 ovoz.
Angliyalik hujumchi uchun 2025/26-yillar mavsumi faoliyatidagi eng sermahsuli bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda «Bavariya» safida 51 ta rasmiy o‘yinda 61 gol urdi. Bundesligada 36 gol bilan to‘purar bo‘lib, Yevropada qatorasiga ikkinchi mavsumda «Oltin butsa»ni o‘ziniki qildi. Milliy jamoadagi o‘yinlar ham qo‘shib hisoblaganda, 65 o‘yinda 73 gol.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi