«PSJ» Fransiya chempionatining 9-turida «Gavr»ni (5:1) yirik hisobda mag‘lub etdi.
Ushbu bellashuvda parijliklar safida marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi het-trik qayd etdi.
Ushbu g‘alaba orqali Luis Enrike «PSJ» bosh murabbiyi sifatida eng ko‘p g‘alaba qozongan mutaxassisga aylandi. Ispaniyalik murabbiy hisobida 127 ta g‘alaba mavjud. Bu borada u Loran Blanning natijasidan bitta g‘alabaga o‘zib ketdi.
Ma’lumot uchun, Luis Enrike 2023-yilda parijliklar boshqaruvini qo‘lga olgan. Uning rahbarligida jamoa jami 13 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Chempionlar ligasidagi ikkita g‘alaba va Fransiya chempionatidagi uchta chempionlik unvoni ham bor.
Loran Blan esa 2013–2016-yillarda «PSJ»ni boshqargan va jamoa bilan 11 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng «PSJ» Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamga aylandi.