«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo qishki transfer oynasida yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash masalasida klub rahbariyatiga bosim o‘tkazmoqchi emas. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni va «Borussiya D» vakili Niko Shlotterbek kabi yulduz futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.
Biroq portugaliyalik mutaxassis yanvar oyida markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni so‘ramoqchi emas. Mourinyo mazkur pozitsiyadagi tarkib hozirning o‘zida ham yetarlicha shakllangan, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» yakshanba kuni Ispaniya chempionati doirasida safarda «Rasing»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.