«Barselona» klubi qishki transfer vaqtida «Liverpul»ga ijaraga berilgan himoyachi Ronald Arauhoni to‘liq sotib olish bo‘yicha taklif bilan murojaat qiladi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun mablag‘ ishlab topish maqsadida urugvaylik 27 yoshli futbolchini «qizillar»ga to‘liq sotishga tayyor.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Arauho ham, «Liverpul» ham hamkorlikdan mamnun. Himoyachining ijarasi bo‘yicha dastlabki kelishuvga uni 55 million yevroga to‘liq sotib olish bandi kiritilgan edi.
Mersisaydliklar esa Arauhoning transferi uchun 48–54 million yevro to‘lashni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.
Bu mavsumda Arauho barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.