Live
1
O'zbek

«MYU» Kalvert-Lyunni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
30 oktabr, 18:50
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.
«MYU» Kalvert-Lyunni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi qishki transfer vaqtida markaziy hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda.

The Athletic nashri xabar berishicha, «qizil iblislar» Benjamin Sheshkoning jarohati sabab uning o‘rniga boshqa futbolchi olib kelmoqchi. Klub «Lids» forvardi Dominik Kalvert-Lyunga e’tibor qaratgan. Biroq angliyalik 29 yoshli futbolchi «tovuslar»dagi faoliyatidan mamnun va jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.

Shunga qaramay, «Manchester Yunayted» esa Dominik bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Bu mavsumda hujumchi «Lids» safida barcha turnirlar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq «MYU»ning «Chelsi»ga qarshi bahs uchun qaydnomasi e’lon qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar