«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs avvalida raqib ustozi Maykl Kerrik bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.
«Mayklni juda hurmat qilaman va unga murabbiy sifatida katta tushunish bilan munosabatda bo‘laman. Uni yaxshi bilaman, chunki maydonda bir-birimizga qarshi o‘ynaganmiz. Yaqinda sobiq futbolchilar o‘rtasidagi uchrashuvda ham ko‘rishdik va biroz suhbatlashdik.
U bilan suhbatlashish yoqimli bo‘lgan yaxshi inson. Qolgan masalalarga kelsak, bu haqda fikr bildirish mening ishim emas. Biz ularning turnir jadvalidagi o‘rnidan qat’i nazar, yaxshi jamoa ekanini bilamiz. Ularning kuchli tarkibi, yaxshi futbolchilari va tajribali murabbiyi bor», - deya Alonsoning so‘zlaridan keltiradi BBC nashri.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi uchrashuv 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.