Live
3
O'zbek

De Zerbi: «Bir yoki ikkita g‘alaba biz uchun yetarli emas»

Futbol
30 oktabr, 16:23
London derbisi 31 oktabr kuniga belgilangan.
De Zerbi: «Bir yoki ikkita g‘alaba biz uchun yetarli emas»
Фото: Getty Images
31.10.2026, 13:30 Angliya Premer-ligasi Tottenhem Tottenhem - : - Kristal Pelas Kristal Pelas

«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Angliya Premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, London derbisi 31 oktabr kuniga belgilangan.

«Bu bizning maqsadimiz, ammo hali unga erishganimiz yo‘q. Mavsum yakunida xursand bo‘lishni istaymiz. Hozir esa yanada kuchayishimiz, diqqatni jamlashimiz, jamoadagi muhitni yaxshilashimiz va ketma-ket g‘alabalar qozonishga intilishimiz kerak. Bu maqsadga erishish uchun bunga qodir ekanimizni isbotlashimiz lozim. Maydonda buni allaqachon ko‘rsatdik, endi psixologik tayyorgarligimiz bilan ham tasdiqlashimiz kerak.

Bunday darajadagi klubdan ketma-ket g‘alabalar qozonish talab etiladi. Bir yoki ikkita g‘alaba biz uchun yetarli emas», — deya italiyalik murabbiyning so‘zlarini BBC nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem» 9 ochko bilan turnir jadvalining 14-o‘rnida bormoqda. Uning raqibi «Kristal Pelas» esa 7 ochko bilan 17-pog‘onani egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar