Live
11
O'zbek

«Bavariya» Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgani uchun «Tottenhem»ga bonus to‘lamaydi — manba

Futbol
28 oktabr, 15:48
Keyn 2023-yil avgust oyida «taqachilar»dan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan.
«Bavariya» Keynning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgani uchun «Tottenhem»ga bonus to‘lamaydi — manba
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi hujumchi Harri Keyn 2026-yilgi nufuzli «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgani uchun «Tottenhem»ga qo‘shimcha mablag‘ to‘lamaydi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, Angliya milliy jamoasining 33 yoshli sardorining 2023-yil yozida taxminan 100 million yevro evaziga amalga oshgan transferi bo‘yicha shartnomada eng nufuzli individual mukofotni qo‘lga kiritgani uchun bonus to‘lash bandi mavjud bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023-yil avgust oyida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan. Londonda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Harri France Football jurnali versiyasi bo‘yicha faoliyatida ilk bor «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar