Live
3
O'zbek

Spalletti: «Keynga «Oltin to‘p» berilgani — mantiqan to‘g‘ri qaror»

Futbol
28 oktabr, 11:20
«Yuventus» bosh murabbiyi angliyalik hujumchi yetarlicha e’tirof etilmasligi haqida gapirdi.
Spalletti: «Keynga «Oltin to‘p» berilgani — mantiqan to‘g‘ri qaror»
Foto: Getty Images

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchiano Spalletti «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan «Bavariya» hujumchisi Harri Keynning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu haqda murabbiylar shtabi bilan muhokama qildik va mukofot unga berilgani to‘g‘ri qaror, degan xulosaga keldik. Futbolchining saviyasini hisobga olsak, bu — mantiqiy tanlov.

Uning urgan gollari soni kishini hayratga soladi, hatto qo‘rqitadi. Shunga qaramay, Harri haqida boshqa ayrim futbolchilarchalik ko‘p gapirishmaydi. Aslida, shunday bo‘lishi kerak»,
— deya Spallettining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar