Harri Keyn «Bavariya» tarixida «Oltin to‘p» sohibiga aylangan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi. Biroq angliyalik hujumchi Myunxen klubi safida ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan Germaniyadan tashqarida tug‘ilgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Ungacha «Bavariya» safida Gerd Myuller 1970-yilda, Frans Bekkenbauer 1972 va 1976-yillarda, Karl-Xayns Rummenigge esa 1980 va 1981-yillarda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi.
Keyn 2023-yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilmoqda. Myunxen klubiga o‘tishidan avval u qariyb o‘n yil davomida «Tottenhem» safida to‘p tepgan. Biroq hujumchi London klubi bilan birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn so‘nggi 25 yil ichida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk angliyalik futbolchiga ham aylandi. Angliyaning avvalgi sovrindori Maykl Ouen bo‘lib, u 2001-yilda ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi «Oltin to‘p» topshirish marosimida Harri Keyn g‘olib deb topildi. Bu uning faoliyatidagi ilk shunday mukofot bo‘ldi.