Live
1
O'zbek

Germaniya kubogi. «Borussiya D» 90+3-daqiqada «Verder»ga g‘alaba golini urib, keyingi bosqichga chiqdi

Futbol
27 oktabr, 18:06
Bellashuvda jami 5 ta gol urildi.
Germaniya kubogi. «Borussiya D» 90+3-daqiqada «Verder»ga g‘alaba golini urib, keyingi bosqichga chiqdi
Фото: Getty Images

Germaniya Kubogining 1/16 final bosqichi doirasida «Borussiya D» va «Verder» jamoalari o‘zaro bellashdi. Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida o‘tgan bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Seru Girassi Yulian Ryuer­sonning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 17-daqiqada esa Karni Chukvuemeka Job Bellinghemning golli uzatmasidan foydalanib, dortmundliklarning ustunligini ikki karra oshirdi.

Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida «Verder» futbolchilari Niklas Fyullkrugning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Nemis hujumchisi 65-daqiqada birinchi golini urgan bo‘lsa, 68-daqiqada Yuri Regerning uzatmasidan keyin yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi — 2:2.

90+3-daqiqada «Borussiya»ning avstriyalik yarim himoyachisi Marsel Sabitser g‘alaba golini kiritdi.

Ushbu g‘alaba orqali «asalarilar» turnirning 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi. «Verder» esa musobaqadagi yurishini shu bosqichda tugatdi.

Germaniya kubogi. 1/16 final
Borussiya D – Verder 3:2
Gollar:
Girassi 6, Chukvuemeka 17, Sabitser 90+3 – Fyullkrug 65, 68

Bugungi yangiliklar