«Real» klubi kelgusi transfer oynasida «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo argentinalik 27 yoshli futbolchini jamoaga taklif qilish tarafdori.
Portugaliyalik mutaxassis, ayniqsa, uning maydonda katta hajmdagi ishni bajarishi va yakkakurashlardagi mahoratini yuqori baholaydi.
Aleksisning «Liverpul» bilan shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi. Hozircha mersisaydliklar shartnomani uzaytirish bo‘yicha aniq rejaga ega emas.
Ma’lumot uchun, Makallister 2023-yil yozidan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga qayd etgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.