Bugun
50
O'zbek

Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlari uchun kengaytirilgan qaydnomaga kiritildi — manba

Futbol
27 oktabr, 00:50
    14
Futbolchi Millatlar Ligasi doirasidagi ikkita uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlari uchun kengaytirilgan qaydnomaga kiritildi — manba
Foto: Getty Images

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu noyabr oyida Portugaliya milliy jamoasi safida Millatlar Ligasi uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda O Jogo nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 41 yoshli futbolchi milliy jamoaning kengaytirilgan qaydnomasidan joy olgan. Shuningdek, Ronalduning jamoadoshlari Samu Ko‘sta va Joau Feliks ham dastlabki ro‘yxatga kiritilishi kutilmoqda.

Bungacha Portugaliya futbol federatsiyasi hujumchini milliy jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etgani uchun 30 kunga diskvalifikatsiya qilib, 255 yevro miqdorida jarima belgilagandi.

Ronaldu Daniyaga qarshi uchrashuv oldidan milliy jamoa ixtiyorini tark etgan. Shuningdek, Norvegiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmaganidan keyin milliy jamoa bosh murabbiyiga bir qator shartlar qo‘yganini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyida Portugaliya milliy jamoasi Millatlar Ligasi doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Jamoa 14 noyabr kuni Daniya, 17 noyabr kuni esa Uels milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar