Bugun
50
O'zbek

Keyn 45 yildan so‘ng «Bavariya» safida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi

Futbol
27 oktabr, 01:15
Angliyalik hujumchi sovrin uchun kurashda Mbappye va Yamalni ortda qoldirdi.
Keyn 45 yildan so‘ng «Bavariya» safida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn 45 yildan so‘ng myunxenliklar safida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi.

Angliyalik futbolchi ovoz berish natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni egallab, «Real» hujumchisi Kilian Mbappye va «Barselona» vingeri Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Keyngacha «Bavariya» vakili so‘nggi bor 1981 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. O‘shanda sovrin Karl-Hayns Rummeniggega nasib etgan. Ungacha Gerd Myuller (1970) va Frans Bekkenbauer (1972, 1976) ham ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.

Keynning g‘alabasi Germaniya chempionati uchun tarixdagi 10-«Oltin to‘p» bo‘ldi. Bu borada faqat Italiya va Ispaniya chempionatlari vakillari yuqoriroq ko‘rsatkichga ega. A Seriya futbolchilari jami 18 marta, La Liga vakillari esa 24 marta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Keyn so‘nggi 30 yil ichida Bundesliga vakili sifatida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar