«Barselona» vingeri Lamin Yamal Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) talqiniga ko‘ra, 2026-yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishi kerak.
CIES Football Observatory tashkiloti o‘tgan yilgi kabi mavsum davomida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 50 nafar maydon o‘yinchisidan iborat ro‘yxatni tuzdi. Reyting uchta mezon asosida shakllantirilgan: o‘yinning sakkizta jihatidagi harakatlar samaradorligi (Impect metodologiyasiga muvofiq), o‘tkazilgan uchrashuvlarning raqobat darajasi va o‘sha bahslarda qayd etilgan natijalar.
2025-yildagi kabi bu safar ham birinchi o‘rinni Lamin Yamal egalladi. Kuchli uchlikdan «Bavariya» hujumchilari — Maykl Olise va Harri Keyn joy oldi.
CIES reytingi bo‘yicha yilning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:
1. Lamin Yamal («Barselona») — 95,8 ball
2. Maykl Olise («Bavariya») — 93,9 ball
3. Harri Keyn («Bavariya») — 90,5 ball
4. Lionel Messi («Inter Mayami») — 90,4 ball
5. Desire Doue («PSJ») — 90,4 ball
6. Kilian Mbappe («Real») — 90,4 ball
7. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») — 90,3 ball
8. Pedri («Barselona») — 90,3 ball
9. Erling Holand («Manchester Siti») — 90,0 ball
10. Pau Kubarsi («Barselona») — 90,0 ball
«Real» futbolchisi Vinisius Junior (89,8 ball) 13-, Rodrigo («Barselona», 88,6 ball) 14-, Rafinya («Barselona», 88,1 ball) 19-, Usmon Dembele («PSJ», 86,5 ball) 27-, Bruno Fernandesh («Manchester Yunayted», 85,2 ball) 33-, Jyud Bellingem («Real», 84,4 ball) 39- va Deklan Rays («Arsenal», 83,8 ball) 45-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi bugun, 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Yamal — CIES talqiniga ko‘ra «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogar (top-10)
Futbol
26 oktabr, 12:15
Messi 4-, Mbappe 6-o‘rinda.
Foto: Getty Images