Live
5
O'zbek

Saudiya FF hakamlar qo'mitasi «Al Faysali»ga qarshi bahsdagi golni Ronalduning hisobiga yozdi

Futbol
26 oktabr, 12:40
Opta va boshqa sport platformalari 41 yoshli hujumchining 982-golini avtogol sifatida qayd etgandi.
Saudiya FF hakamlar qo'mitasi «Al Faysali»ga qarshi bahsdagi golni Ronalduning hisobiga yozdi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni milliy jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda esa sport jurnalisti sifatida faoliyat yuritayotgan Xolid ash-Shunayf Krishtianu Ronalduning goli atrofidagi bahslarga munosabat bildirdi.

Saudiya chempionati milliy chempionatning 11-turidan o'rin olgan «An Nasr» va «Al Faysali» o'rtasidagi uchrashuvda (3:1) portugaliyalik futbolchini jamoasining ikkinchi goli muallifi sifatida qayd etgandi.

O'yinning 49-daqiqasida Ronaldu hamyurti Joau Feliksning jarimadan uzatgan to'pini boshi bilan darvozaga yo'lladi. Biroq futbol statistikasini to'plash bo'yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri — Opta to'pni «An Nasr» darvozasiga emas, raqib himoyachisi Andrey Jirotto o'z darvozasiga kiritgan, deb hisobladi va golni avtogol sifatida qayd etdi.

Takroriy videolavhalar Ronaldu to'pga boshi bilan tekkan yoki tegmaganini aniq belgilash imkonini bermaydi. Opta talqiniga ko'ra, gol muallifini aniqlashda Jirottoning to'pga tekkani hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Xolid ash-Shunayfning aytishicha, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasining hakamlar qo'mitasi hisobot tayyorlagan va unda gol muallifi sifatida Ronaldu ko'rsatilgan. Bundan tashqari, Saudiya professional ligasi qarorni tasdiqlash maqsadida xalqaro statistika platformalari, birinchi navbatda Opta, ehtimol, FIFA bilan ham bog'langan.

«Masala hal qilindi. Gol rasman Ronaldu nomiga yozildi», — dedi ash-Shunayf.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar